Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Tok (ekin)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tok (Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Janubiy Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60—70 turi maʼlum. Uzok, Sharq, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Janubiy Yevropada 7—8 turi keng tarqalgan. Madaniy T. (V. vinifera) barcha qitʼalarda yetishtiriladi. Jahon boʻyicha tokzorlar maydoni 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 s/ga, yalpi hosili 60687 ming t. Fransiya (871 ming ga), AQSH (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln.ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda yetishtiriladi (1999). Oʻzbekistonda tokzorlar maydoni 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 s/ga (2003).

T. Oʻrta dengiz atroflari va Gʻarbiy Osiyoda mil. dan bir necha ming yillar ilgari yetishtirilgan. Madaniy T. taxminan oʻrmon T.i (V. sylvestris) va boshqa yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning koʻpchiligi shu turga mansub. Shuningdek, Shimoliy Amerika T. turlari V. labrusca, V. riparia, V.rupestris va boshqaham ekiladi. Amur T.i (V. amurensis) — manzarali oʻsimlik. Tyan shan va PomirOlay togʻlarida oʻsuvchi hisor uzu mi (V. hissarica) Qizil kitobga kiritilgan.

Madaniy T.ning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. T. tanasi — liana. Uning koʻp yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg, barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Xasharotlar, shamol yordamida va oʻzoʻzidan changlanadi. Gʻujumi (uzumi) rezavor, 1—4 urugʻli, etli, sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor. Gʻujumlari turli shakl va rangda, shingilga toʻplangan.

T. issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yoʻl bilan koʻpaytiriladigan oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, seleksiya maqsadida urugʻlaridan koʻpaytiriladi, 2, 3 yili hosilga kiradi. T.ning koʻpchilik navlari —18°, —20°, ayrimlari —28°, —30° gacha sovuqqa chidaydi, 25—30° da yaxshi oʻsadi, 40° dan yuqori harorat yomon taʼsir koʻrsatadi. T. yogʻinlar miqdori 300 mm dan kam boʻlganda sugʻorib yetishtiriladi. T. aslida yer tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sugʻoriladigan, unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. T. 30—300 yil yashaydi, oʻz ildiziga ega tuplari 60—80-yil, payvand qilinganlari 30—40-yil hosil beradi. Oʻrtacha hosildorligi 70—400 s/ga ga boradi. T.ning uzumi yeyiladi, qayta ishlanadi (konserva qilinadi, turli vinolar, konyak, qiyom, shinni, sharbat, kompot tayyorlanadi, mayiz solinadi va boshqalar). Uzum tarkibida 6585% suv, 33% gacha qand, 0,51,4% organik kislotalar, 0,15—0,9% oqsil, 0,3—1,0% pektin, 0,3—0,5% mineral moddalar, shuningdek, S, V,, V2 vitaminlar, provitamin A, gʻujumi poʻstida oshlovchi va boʻyoq moddalar, pektin va boshqa, urugida 4—19% moy, 1,8—8% oshlovchi moddalar bor.

T., asosan, tekis, shuningdek, qiyalik yerlarga (terrasa solib) ham ekiladi. Ekishdan oldin gektariga 30— 40 t chirigan goʻng, 600–1000 kg superfosfat, 150 kg kaliyli oʻgʻit solinadi, yer plantaj plug bilan 60 sm chuqurlikda gʻaydaladi, T.ning bir yillik yaxshi pishgan novdalaridan kuzda 35—40 sm uzunlikda qalamchalar olinadi, koʻchatzorlarda koʻchat yetishtiriladi. T.ning bir yillik koʻchatlari navi, tuproqiqlim sharoiti, ustirish usuliga qarab qator oraligʻini 2— 3—4 — 5, tup oraligʻini 2 — 3 – 4 m qilib, kuz va bagʻorda ekiladi. Novdalari yozning 2yarmida chekanka qilinadi. Kelgusi yili bahoridan tuplarga shakl beriladi. T. novdalarini koʻtarmay (yertok) yoki novdalarini soʻri, simbagʻiz, ishkomga kutarib yetishtiriladi, Kamdankam hollarda aymoqi (daraxtlarga chirmashtirib) qilib oʻstiriladi. Oʻzbekiston sharoitlarida kuzda kesilib, novdalari qoʻndoq qilingan holda tuproq yoki barda, poxol bilan yopiladi va erta bahorda ochilib, madang va novdalari koʻtarib bogʻlanadi.

T.ning oʻsishi va hosildorligi xomtok, novda uchlarini 1—2 sm chilpish (gullash boshlarida), novdalarini kesish (qarang Tok kesish) kabi agrotexnika usullari bilan rostlanib boriladi. Har gektar tokzorga har 2—3 yilda 20—30 t chirigan goʻng, har yili 300–400 kg ammiakli selitra, 400–500 kg superfosfat, 60–90 kg kaliyli ugit solinadi. Yer sharoitiga qarab, gektariga 600—1000 m3 normada 2—6 marta sugʻoriladi, qishda 1—2 marta 1500—2000 m3 normada yaxob suvi beriladi. Hosildorlikni oshirish uchun T. navlari (ayniqsa, urgʻochi gulli Charos, Nimrang va boshqalar) qoʻshimcha changlanadi. Karigan yoki sovuq urgan T. tuplari ustki k,ismini kesib tashlash bilan yoshartiriladi, noyob navlarini iskana payvand yoʻli bilan koʻpaytirish mumkin.

T. navlari ertapishar (120—130 kunda), urtapishar (135—140 kunda), kechpishar (150—170 kunda) navlar guruhlariga boʻlinadi. Oʻzbekistonda 250 ga yakin uzum navlari rnlashtirilgan. 21-asr boshida respublikada ekiladigan va davlat reyestriga kiritilgan 40 ga yakin uzum navlari (2004) 3 guruhga boʻlinadi: 1) xoʻraki (Nimrang, Parkent, Kattaqoʻrgʻon, Toifi, Sultoniy, Charos, Kitob surxagi, Husayni, Qora janjal, Haliliy, Chillaki, Daroyi, Rizamat, Hoʻja Axroriy va boshqalar); mayizbop (Ok kishmish, Kora kishmish (shivilgʻoni), Pushti kishmish, Shakarangur, Sultoniy, Kattaqoʻrgʻon, Nimrang va boshqalar); 3) vinobop (Baxtiyoriy, Aleatiko, Tarnoye, Bayan shirey, Muskatlar, Risling, Bihishti, "VIR", Saperavi va boshqalar) navlar.

Asosiy zararkunandal ar i: uzum barg oʻrovchisi, oʻrgimchakkana, gʻallakana, buzoqboshi, qurtlar.

Kasalliklari: ragʻa, kul, mildyu, dogʻli antraknoz, serkosporioz va boshqa

  • Tokchilik, T., 1957; Ribakov A.A., Gorbach V.I. va boshqa, Oʻzbekiston uzumchiligi, T., 1969; Mirzayev M.M., Sobirov M.K,., Oʻzbekistonda tokchilik, T., 1979; Javakyans Yu., Gorbach V., Vinograd Uzbekistana, T., 2001.

Sulton Xolnazarov.