Sulton xoʻja Eshtoy bobo masjidi
Masjid | |
Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi
Sulton xoʻja Eshtoy bobo | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Boʻstonliq |
Manzil | Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini Gʻayrat koʻchasi 28-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Shokir domla Shosoatov |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Joylashuvi va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini Gʻayrat koʻchasi 28-uyda joylashgan[2][3]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Xandoyliq qishloq fuqarolar yigʻini, Sidqiy Xondoyliq mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻayrat mahalla fuqarolar yigʻini, Chori mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Ishtixon mahalla fuqarolar yigʻini, Juma bozor mahalla fuqarolar yigʻini, Maqsad mahalla fuqarolar yigʻini, O. Joʻraboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Shokir domla Shosoatov hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sulton xoʻja Eshtoy bobo jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. 2016-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 11-dekabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „СУЛТОН ХЎЖА ЭШТОЙ БОБО ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
- ↑ „"SULTON XO'JA ESHON BOBO" MASJIDI“. allcompanies.by. 2023-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.