Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Spiral galaktikalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Spiral galaktikadan yoʻnaltirildi)

Spiral galaktikalar - tashqi koʻrinishi spiralni eslatuvchi gigant yudduz sistemalari. Teleskopda kuzatilganda katta ravshan yadrosi koʻrinadi, uning atrofini yadrodan boshlanuvchi spiralsimon bir necha shoxobcha oʻrab turadi. Spiral galaktikalar . koʻpincha bir tomonga oʻralgan ikki shoxobchadan iborat boʻladi. Baʼzan daraxt shoxchalariga oʻxshash erkin shoxobchali Spiral galaktikalar . kuzatiladi. Hatto bitta tarmokli S. g. mavjud. Hamma shoxobchalar deyarli bir tekislikda, yaʼni Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham Spiral galaktikalar . (Somon yuliijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda koʻrinadi) hisoblanadi. Astronomik kuzatishlardan Quyosh sistemasi spiral tarmoklar orasidagi oralikda joylashganligi anikdangan. Ayrim S.g. (mas, NGC 1300) da tarmoklar yadrodan emas, balki u bilan "koʻprik" vositasida bogʻlangan va undan bir necha oʻn parsek masofadan boshlanadi. Bunday S.g. uzilgan S.g. deb ataladi. S.g. oʻz oʻqi atrofida aylanadi. Aylanish tezligini oʻlchab, galaktikalarning massasini taxminan hisoblab chiqarish mumkin (yana qarang Galaktika, Galaktikalar).