Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Malayziya pul birligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ringgit — Malayziyaning milliy valyutasi, Muomalada 5, 10, 20, 50 sen va 1 ringgitlik tangalar, 1, 2, 5, 10, 20, 50 va 100 ringgitlik banknotalari mavjud. Toʻlov sifatida 1 sentlik tanga juda kam uchraydi. Barcha banknotlarning old tomonida Malayziyaning birinchi oliy hukmdori Abdul Rahmonning portreti tasvirlangan.

„Ringgit“ atamasi baʼzan Malayziyada Singapur davlatining pul birligiga yoki Bruney dollariga nisbatan ham qoʻllanadi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Ringgit" malaycha-soʻzma-soʻz „tishli“ degan maʼnoni anglatadi va dastlab XVI-XVII asrlarda mintaqada keng tarqalgan tishli kumush ispan dollarlariga ishora qiladi. Singapur dollari va Bruney dollari Malayziyada „ringgit“ deb ham atalgan, shuning uchun rasmiy qisqartma sifatida RM (Ringgit Malaysia) belgisi qilib olingan.

1967-yil 12-iyunda yangi markaziy bank Malayziya Markaziy banki tomonidan chiqarilgan Malayziya dollari muomaladagi Malaya va Britaniya Borneo dollarlarini almashtirdi. Yangi valyuta 10 000 dollarlik nominaldan tashqari o‘zidan oldingi barcha nominallarni va eski dollarlarning rang sxemalarini saqlab qoldi. Keyingi oʻn yilliklarda banknotlar va tangalar kichik oʻzgarishlarga uchradi, jumladan 1967-yilda 1 M$ tanga muomalaga kiritildi, 1990-yillarda esa 500 va 1000 M$ pullari muomaladan chiqarildi.

milliy pul birligi[sayt ishlamaydi]