Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Odd Hassel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odd Hassel (1897.17.5, Oslo1981.11.5) — norvegiyalik fizik-kimyogar. Norvegiya fanlar akademiyasi aʼzosi (1933). Myunxen universitetida (1922—23). Berlin fizikkimyo va elektrokimyo institutida (1923—24). Oslo universitetida (1925—64) ishlagan (1934-yildan prossor). Asosiy ilmiy ishlari organik birikmalar stereokimyosiga oid. Elektronografiya usulini rivojlantirgan va uni murakkab moddalar molekulalarini tadqiq qilishda qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1969; Derek Barton bilan hamkorlikda).[1][2]

  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil