Help!
„Help!“ | ||||
---|---|---|---|---|
The Beatles qoʻshigʻi | ||||
„Help!“ albomidan | ||||
B tomon | „I'm Down“ | |||
Chiqarilgan sanasi |
| |||
Yozib olingan |
| |||
Studiya | EMI, London | |||
Janr | Folk-rok[1] | |||
Davomiyligi | 2:18 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i | Lennon–McCartney | |||
Prodyuser(lar) | George Martin | |||
The Beatles (Buyuk Britaniya) xronologiyasi | ||||
| ||||
The Beatles (AQSh) singllar xronologiyasi | ||||
| ||||
Promo film | ||||
„Help!“ YouTubeda |
„Help!“ (tarjimasi „Yordam bering!“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Ayni nomli albom va 1965-yil suratga olingan filmga kiritilgan. Tarona 1965-yilning iyulida singl oʻlaroq chiqarilgan va AQSh hamda Buyuk Britaniya singllar xit-paradlarida uch hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turgan. Qoʻshiqni asosan John Lennon yozgan, unga Paul McCartney koʻmaklashgan. McCartneyning soʻzlariga koʻra, 1965-yilning 4-aprelida qoʻshiqni „toʻliqlash“ uchun uni Lennoning Weybridgedagi uyiga chaqirishgan[2][3][4]. Relizlarda muallif oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan. „Help!“ qoʻshigʻi 2004- va 2010-yillarda „Rolling Stone“ jurnalining tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida 29-[5], 2021-yilgi roʻyxatda esa 447-oʻringa qoʻyilgan[6].
„The Beatles Anthology“ hujjatli filmlar seriyasida Lennon qoʻshiqni „The Beatles“ shiddat bilan shuhrat qozonganidan keyingi holatini izhor qilish maqsadida yozganini aytgan. „Playboy“ nashriga bergan intervyusida xonanda oʻsha paytda yordam soʻrab hayqirganini taʼkidlagan[7]. Lennon 1970-yil „Rolling Stone“ jurnaliga bergan intervyusida „Help!“ qoʻshigʻi „The Beatles“ uchun yozgan qoʻshiqlari orasida eng xush koʻrganlaridan biri ekanligini aytgan. Lennon „Help!“ va „Strawberry Fields Forever“ qoʻshiqlar „buyurmtma asosida“ emas, balki chin dildan yozilgan deb hisolabshini taʼkidlagan.
„The Beatles“ guruhi qoʻshiqni 1965-yilning 13-aprel kuni 12 sessiyada yozib olgan. „Help!“ filmi uchun tarona 1965-yilning 24-mayida qayta yozib olingan. Fimda qoʻshiqqa hamroh kadrlar oʻsha yilning 22-aprelida yozib olingan. Tarona guruhning bir necha terma albomiga kiritilgan. Shuningdek, 1965-yilning 23-yanvarida rejissyor Joseph McGrath qoʻshiq uchun oq-qora promo film suratga olgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Snoskalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Unterberger, Richie „1960s-Folk-Rock Overview“. richieunterberger.com. 2013-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-oktyabr.
- ↑ MacDonald 2005, s. 153.
- ↑ Miles 1998, s. 199.
- ↑ Beatles Interview Database 1984, s. 2.
- ↑ „500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone. 11 December 2003. 2017-12-08da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-10-22.
- ↑ „Help! ranked #447 on Rolling Stone 500 Greatest Songs List“. Rolling Stone. 15 September 2021. Qaraldi: 24 September 2021.
- ↑ Spitz 2005, s. 555.
- ↑ Lewisohn 2000, ss. 206–208.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Badman, Keith. The Beatles Diary, Volume 2: After the Break-Up. London: Omnibus Press, 2009. ISBN 978-0-85712-001-4.
- Compton, Todd. Who Wrote the Beatle Songs? A History of Lennon-McCartney. San Jose: Pahreah Press, 2017. ISBN 978-0-9988997-0-1.
- „Playboy Interview With Paul and Linda McCartney“. Beatles Interview Database (1984). Qaraldi: 2009-yil 6-dekabr.
- Lewisohn, Mark. The Complete Beatles Chronicle. London: Hamlyn, 2000. ISBN 0-600-60033-5.
- Miles, Barry. Paul McCartney: Many Years From Now. New York: Henry Holt and Company, 1998. ISBN 0-8050-5249-6.
- Miles, Barry. The Beatles Diary Volume 1: The Beatles Years. London: Omnibus Press, 2001. ISBN 0-7119-8308-9.
- Miller, Mark Crispin. Boxed In: The Culture of TV. Northwestern University Press, 1988 — 198-bet. ISBN 0-8101-0792-9.
- Pollack, Alan W. „Notes on "Help!"“. Notes On ... Series (2000). Qaraldi: 2009-yil 5-dekabr.
- Ryan, Kevin; Kehew, Brian. Recording The Beatles. Houston: Curvebender, 2006. ISBN 0-9785200-0-9.
- Spitz, Bob. The Beatles: The Biography. Boston: Little, Brown, 2005. ISBN 0-316-80352-9.
- Wallgren, Mark. The Beatles on Record. New York: Simon & Schuster, 1982. ISBN 0-671-45682-2.
- Winn, John C.. Way Beyond Compare: The Beatles' Recorded Legacy, 1957-1965. New York: Random House, 2008. ISBN 978-0-307-45157-6.
- „An Interview with Stanley Parks“. Lennon.net (2004). 2009-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- MacDonald, Ian. Revolution in the Head: The Beatles' Records and the Sixties, Second Revised, London: Pimlico (Rand), 2005. ISBN 1-84413-828-3.