Koronar arteriya kasalligi
Koronar arteriya kasalligi | |
---|---|
Sinonimlari | Aterosklerotik yurak kasalligi, Aterosklerotik vaskulyar kasallik, koronar yurak kasalligi |
Koronar arteriya kasalligi | |
Belgilari | Koʻkrakda ogʻriq, nafass qisishi |
Mutaxassislik | Kardiologiya |
Sabablari | Yurak arteriyalarining aterosklerozi |
Xavf omillari | Yuqori qon bosimi, chekish, diabet, mashq qilmaslik, semizlik, qonda xoleserol miqdorining koʻp boʻlishi |
Tashxis usullari | EKG, yurak stress testi, koronar KT angiografiyasi, koronar angiogramma |
Oldini olish | Sogʻlom ovqatlanish, doimiy jismoniy harakat, normal tana vazni, chekmaslik |
Davolash | Perkutan koronar intervensiya, koronar shuntlash operatsiyasi |
Dori-darmonlar | Aspirin, beta blokatorlar, nitroglitserin, statinlar |
Koronar arteriya kasalligi tojsimon arteriyalarning torayishi boʻlib, kasallikning dastlabki daavrlarida simptomsiz boʻladi ammo keyinchalik stabil stenokardiya, nostabil stenokardiyaga va/yoki miokard infarktiga olib kelishi mumkin. Bemorlarda toʻsh ortida bosuvchi ogʻriq, nafas yetishmasligi, koʻngil aynishi va diaforez (koʻp terlash) kuzatilishi mumkin. Baʼzan chap qoʻlda, pastki jagʻda yoki boʻyin sohasida ogʻriq, qorinning yuqori qismida diskomford kuzatiladi. Stabil stenokardiya yurak stress tesi, stressiz yurak radigrafiyasi va koronar kateterizatsiya orqali tashxis qoʻyiladi. Davolash ikkilamchi profilaktika sifatida chekishni tashlash, qandli diabet, gipertenziya va dislipidemiyani davolash, antitrombotsitar agentlar, antianginal dorilar (masalan, beta blokatorlar) va ogʻir holatlarda revaskulyarizatsiya (perkutan translyuminal koronar angioplastika)ni oʻz ichiga oladi.
Epidemiologiya va etiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunyo boʻylab va Oʻzbekistonda ham oʻlimning eng koʻp sababchisi hisoblanadi. Koronar arteriya kasalligi bilan 50 yoshgacha kasallanish ehtimoli erkaklar uchun 50%ni, ayollar uchun esa 40%ni tasshkil etadi.[1] Etiologiyasida ateroskleroz eng muhim rol oʻynaydi.
Patofiziologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barqaror aterosklerotik plakcha qon tomir ichki qismini toraytiradi va natijada yurak miokardiga qon oqimi kamayadi, kislorodga boʻlgan talab va uning yetib borishi oʻrtasidagi muvozanat buziladi va miokardda ishemiya kuzatiladi. Koronar arteriya stenozining darajasi kasallik ogʻirligini belgilab beradi. Ogʻir ishemiya hatto miokard infarktiga sabab boʻlishi mumkin.[2]
Klinikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Angina pectoris yaʼni toʻsh ortidagi kuchli ogʻriq eng asosiy belgisi hisoblanadi. Koronar arteriyalardagi stenoz darajasi 70% dan oshishni boshlagandan keyin bemorlarda belgilar kuzatilishni boshlaydi. Ogʻriq chap qoʻl, boʻuin va jagʻga, epigastral sohaga va orqaga tarqalishi mumkin. Ogʻriqdan tashqari nafas qisishi, bosh aylanishi, palpitatsiyalar, oʻzini qoʻyarga joy topa olmaslik, holsizlik, koʻp terlash, koʻngil aynishi, qusish va hushdan ketish kuzatilishi mumkin.[3]
Diagnostikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Diagnostikasida yurak stress EKGsi eng foydali usul hisoblanadi. Test jarayonida sodir boʻladigan ishemik oʻzgarishlar kasallikka tashxis qoʻyish imkonini beradi. Stressiz CT angiografiya koronar arteriyalar holatini koʻrish imkonini bersa, koronar arteriya kalsiy shkalasi koronar qon tomirlar atrofidagi kalsifikatsiya miqdorini aniqlab beradi. Agar, yuqoridagi diagnostik usullarni amalga oshirish imkoni boʻlmasa yoki diagnoz noaniqligicha qolsa, invaziv koronar angiografiya qilinadi.[4]
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davolashning asosini kardiovaskulyar kasallanishlar va oʻlimlar miqdorini kamaytirish, simptomlarni yengillashtirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Farmakoterapiya sifatida antianginal dorilar masalan, beta blokatorlar, kalsiy kanali blokatorlari yoki nitratlardan foydalanish mumkin. Antianginal preparatlardan foydalanishning asosiy maqsadi miokardning kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamaytirishdir. Ikkilamchi profilaktika sifatida antitrombotsitar agentlar aspirin, klopidogrel qoʻllanadi.[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Lloyd-Jones DM, Leip EP, Larson MG, D'Agostino RB, Beiser A, Wilson PW, Wolf PA, Levy D. Prediction of lifetime risk for cardiovascular disease by risk factor burden at 50 years of age. Circulation. 2006 Feb 14;113(6):791-8. doi: 10.1161/CIRCULATIONAHA.105.548206. Epub 2006 Feb 6. PMID 16461820.
- ↑ Kolli KK, Arif I, Peelukhana SV, et al. Diagnostic performance of pressure drop coefficient in relation to fractional flow reserve and coronary flow reserve. J Invasive Cardiol. 2014; 26(5): pp. 188–195. pmid: 24791716
- ↑ Zunaira Gul, Amgad N. Makaryus. Silent Myocardial Ischemia. StatPearls. 2020. url: https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK536915/
- ↑ Di Angelantonio E, Thompson A, Wensley F, Danesh J. Coronary heart disease. IARC Sci Publ. 2011;(163):363-86. PMID 22997872.
- ↑ Stephan D Fihn, Julius M Gardin, Jonathan Abrams, Kathleen Berra, James C Blankenship, Apostolos P Dallas, Pamela S Douglas, etal. 2012 ACCF/AHA/ACP/AATS/PCNA/SCAI/STS guideline for the diagnosis and management of patients with stable ischemic heart disease. Circulation. 2012. doi: 10.1161/CIR.0b013e318277d6a0.