Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Biotexniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biotexniya, biotexnika — tabiiy sharoitda hayvonlarni koʻpaytirish va mahsuldorligini oshirish hamda ularni himoya qilish tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan ovchilik sohasi. B. ovlanadigan hayvonlar zaxirasini koʻpaytirish, oziq bazasini yaxshilash, yaʼni ovchilik maskanlari va suv havzalariga ozuqabop ekinlar ekish, hayvonlarni qoʻshimcha oziqlantirish va muhofaza qilish; ularning inuya qurishi uchun zarur boʻladigan daraxt, buta va baland boʻyli oʻsimliklarni ekish; tinch va xilvat joylar tashkil etish; hayvonlar uchun in qazib qoʻyish; zararkunanda yirtqichlarni yoʻqotish; kasal hayvonlarni davolash; boshqa joylardan noyob va qimmatbaho hayvonlarni koʻchirib keltirib iqlimlashtirish kabi tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ovlanadigan hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, moʻynali hayvonlar moʻynasining sifatini yaxshilash, ovlanadigan baliqlarni yiriklashtirish maqsadida olib boriladigan seleksiya ishlari ham B. vazifalariga kiradi.[1]

  1. "Biotexniya" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil