Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Ben Olsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benjamin Robert „Ben“ Olsen (talaffuzi: Benjamin Robert "Ben" Olsen; 1977-yil 3-mayda AQShda tugʻilgan — amerikalik futbolchi va murabbiy. 10 yil davomida u „DC United“ bosh murabbiyi boʻlgan. Ben Olsen oʻzining professional faoliyatining koʻp qismini MLSda „DC United“ jamoasida oʻtkazgan. Klubdagi 12 mavsumda u ikkita MLS kubogi va bir qator boshqa kuboklarni qoʻlga kiritgan.

Ben Olsen
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Benjamin Robert Olsen
Tavallud sanasi 3-may 1977-yil (1977-05-03) (47 yosh)
Tavallud joyi Pennsylvania, AQSh
Boʻyi 1.80
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Houston Dynamo (bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998—2009 D. C. United 221 (29)
2000—2001 → Nottingham Forest (ijara) 18 (2)
Milliy terma jamoa
1998—2007 AQSh 37 (6)
Boshqargan klublari
2010 D. C. United (yordamchi)
2010—2020 D. C. United
2022— Houston Dynamo
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Virjiniya universiteti futbol jamoasida uch yil oʻynab, 31 marta gol urgan va 41 golga assistentlik qilgan. 1997-yilda „Soccer America“ jurnali tomonidan eng yaxshi kollej oʻyinchisi deb topilgan. 1997-yil 27-dekabrda u „DC United“ futbol klubiga oʻtgan. Ben Olsen 4 ta gol va 8 ta golli uzatma bilan MLSda yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan. Keyingi mavsumda u yanada yaxshi oʻynagan. 26 ta oʻyinda u 5 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan va shu tariqa klub MLS kubogini uchinchi marta yutgan va futbolchi Kubokning eng yaxshi futbolchisi deb eʼtirof etilgan. 2000-yil Ben Olsen „Nottingham Forest“ futbol klubiga ijaraga berilgan. U darhol muxlislarning sevimli futbolchisiga aylangan. Jarohat olganligi sababli u 18 oyni oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan. Olsen nihoyat 2003-yilda „DC United“ futbol klubiga qaytgan. Mavsum davomida u 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 5 ta gol urgan. Keyingi mavsumda oʻynab, 2009-yil 20-noyabrda Ben Olsen professional futboldan ketishini eʼlon qilgan[1].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi boʻlganidan koʻp oʻtmay, Ben Olsen AQSh terma jamoasiga chaqirilgan. Biroq jarohatlar uning jamoada mustahkam o‘rin olishiga to‘sqinlik qilgan.

2005-yilda u jamoa bilan CONCACAF oltin kubogini qoʻlga kiritgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katta futboldagi faoliyatini yakunlagach, Olsen „DC United“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlangan. 2010-yil 29-noyabrda klub bosh murabbiyi boʻlgan[2].

Jamoa   Mavsum Liga Kubok AQSh ochiq

kubogi

Xalqaro turnir Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
DC UnitedAQSH bayrogʻi AQSh 2010 12 3 - - 1 0 - - 13 3
2011 34 9 - - 2 0 - - 36 9
2012 34 17 4 1 2 1 - - 40 19
2013 34 3 - - 5 5 - - 39 8
2014 34 17 2 1 1 0 6 5 43 23
2015 34 15 3 1 2 1 6 3 45 20
2016 34 11 1 0 1 0 - - 36 11
2017 34 9 - - 2 1 - - 36 10
2018 34 14 1 0 2 0 - - 37 14
2019 34 13 1 0 2 1 - - 37 14
2020 16 2 - - 3(*) 0 - - 19 2
Jami 334 113 12 3 23 9 12 8 381 133
Umumiy faoliyatida    334 113 12 3 23 9 12 8 381 133
  1. Steven Goff. „Olsen to Retire“ (en). The Washington Post (2009-yil 20-noyabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
  2. Steven Goff. „Ben Olsen named coach of D.C. United not long after being considered out of the running“ (en). The Washington Post (2010-yil 30-noyabr). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.