Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

Turkiy xalqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiy xalqlar Turkiy tillarda soʻzlashuvchi, shimoliy va markaziy Yevroosiyoda yashovchi xalqlar guruhidir. Bu xalqlar u yoki bu darajada umumiylashgan madaniyat va anʼanalarga ega. Turkiy xalqlar tayinli bir irqqa tegishli emas, ularni bogʻlovchi unsur asosan etnogenezlarida joy olgan Turk uruqlari va tildir.

Davlat Aholisi ichida Turkiy xalqlar soni
Dunyo Boʻyicha 200+ million
Turkiya bayrogʻi Turkiya 70.000.000
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 29.200.000
Eron bayrogʻi Eron 20-30 million
Xitoy bayrogʻi Xitoy 15-30 million
Rossiya bayrogʻi Rossiya 15.000.000
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 13.000.000
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 10.000.000
Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 6.800.000

Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi Yevropa Ittifoqi || 7.000.000

Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 5.000.000
Afgʻoniston bayrogʻi Afgʻoniston 3.500.000
Iroq bayrogʻi Iroq 3.000.000
Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 1.500.000
AQSH bayrogʻi AQSh 1.000.000+
Ukraina bayrogʻi Ukraina 400.000
 Moldova 200.000
Mogʻuliston bayrogʻi Mongoliya 150.000
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 100.000
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 50.000
Kanada bayrogʻi Kanada 100.000
Argentina bayrogʻi Argentina 1.000
Turkiylar Dini Asosan Islom (koʻpchilik Sunniylik mazhabi), shuningdek (Shia mazhabilar, qolganlar Tangrichilik, xristian, buddist, shamanizm, lamaizm va boshqa dinlarga eʼtiqod qiluvchilardir.

Tarixi

Turk, turkiylar — jahondagi eng qadimgi va yirik etnoslardan birining nomi. Soʻnggi davrda jahon olimlari, jumladan, oʻzbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qadimgi Xitoy manbalaridagi maʼlumotlarga koʻra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam rayemsimon iyerogliflar bilan yozilgan bitiklarda "tiyek" va "tiauk" shaklida uchraydi. Turk soʻzi baquvvat, barkamol, odillik kabi maʼnolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qadimgi Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur koʻzli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb koʻrsatiladi.

Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar koʻp marta birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi oʻzgarib turgan.

Mil. av 2-asrdan — mil. 3-asrgacha boʻlgan davrda turklar Hun xoqonligi tarkibida boʻlganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik yemirilgandan keyingi 300 yilga yaqin davr davomida xitoylar turklarni tiyekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan.

6-asrda turklarda boʻlgan Ashina avlodi kuchayib, Turk xoqonligi barpo etgan. Xitoy manbalariga koʻra, 9-asrda tilga olinadigan turk qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uygʻur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uygʻur xoqonligi tugatilganidan soʻng bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (qarang Turk). Turkiya olimlari asarlarida turk qabilasi koʻkturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga koʻra, koʻkturk soʻzi tangriga, yaʼni osmonga ishongan turklar, balandlik turklari, koʻk boʻri totemi boʻlgan turklar kabi maʼnolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda turk toponim, etnonim, gidronim sifatida koʻplab uchraydi.

Hozirgi davr

Turkiy aholi soni taxminan 200-250 million nafarga yetgan.[1] Shulardan 80 millioni Turkiya turklaridir. Hozirda oltita mustaqil turkiy davlat mavjud:

Shuningdek qarang

Manbalar

Havolalar