Java (orol)
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 128 297 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 3676 m. |
Eng baland nuqtasi | Semeru |
Ma'muriyat | |
Davlat | Indoneziya |
Demografiya | |
Aholisi | 160 293 748 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Java (indonezcha: Jawa) — Malay arxipelagining Katta Zond orollari guruhidagi orol, Indoneziya tarkibida. Mayd. 126,5 ming km². Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. Uzunligi 1000 km dan ziyod, qirgʻoqlari kam parchalangan. Relyefi, asosan, vulkan natijasida hosil boʻlgan togʻliklardan iborat, eng baland joyi 3676 m (Semeru vulkani). 100 dan ortiq vulkan bor, ulardan 30 tasi harakatdagi vulkanlar. Teztez kuchli zilzila boʻlib turadi. Shimoliy sertepali allyuvial tekislik. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000–1500 mm, togʻlarda 5000 mm dan ziyod. Daryolari sersuv. Doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, togʻ choʻqqilarida butazor va yaylovlar bor. Ya.ning sharqiy qismida savanna tipidagi oʻsimliklar oʻsadi. Bir nechta milliy bogʻlar tashkil etilgan. Tekisliklarda makkajoʻxori, sholi, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi, kauchuksimonlar plantatsiyalari bor. Neft qazib olinadi. Asosiy shaharlari: Jakarta, Bandung, Surabaya.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |