Foydalanuvchi:Agent026/qumloq: Versiyalar orasidagi farq
Tahrir izohi yoʻq |
Tahrir izohi yoʻq |
||
Qator 7: | Qator 7: | ||
| tavallud_paytidagi_ismi = |
| tavallud_paytidagi_ismi = |
||
| tavallud_sanasi = {{tugʻilgan sanasi|1856|03|20}} |
| tavallud_sanasi = {{tugʻilgan sanasi|1856|03|20}} |
||
| tavallud_joyi = [[Filadelfiya]], [[Pennsilvaniya|Pensilvaniya]], |
| tavallud_joyi = [[Filadelfiya]], [[Pennsilvaniya|Pensilvaniya]], Amerika Qoʻshma Shtatlari |
||
| vafot_sanasi = {{vafot sanasi va yoshi|1915|3|21|1856|3|20}} |
| vafot_sanasi = {{vafot sanasi va yoshi|1915|3|21|1856|3|20}} |
||
| vafot_joyi = [[Filadelfiya]], Pensilvaniya, |
| vafot_joyi = [[Filadelfiya]], Pensilvaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
||
| fuqaroligi = |
| fuqaroligi = Amerika Qoʻshma Shtatlari |
||
| taʼlimi = [[Phillips Exeter akademiyasi]], Stevens texnologiyalar instituti |
| taʼlimi = [[Phillips Exeter akademiyasi]], Stevens texnologiyalar instituti |
||
| kasbi = Samaradorlik boʻyicha mutaxassis,<br /> Menejment sohasi maslahatchisi,<br /> Mexanik muhandis |
| kasbi = Samaradorlik boʻyicha mutaxassis,<br /> Menejment sohasi maslahatchisi,<br /> Mexanik muhandis |
2024-yil 22-sentyabr, 16:34 dagi koʻrinishi
Frederick Winslow Taylor | |
---|---|
Taylor taxminan 1907-yilda | |
Tavalludi |
20-mart 1856-yil Filadelfiya, Pensilvaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Vafoti |
21-mart 1915-yil (59 yoshda) Filadelfiya, Pensilvaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Fuqaroligi | Amerika Qoʻshma Shtatlari |
Taʼlimi | Phillips Exeter akademiyasi, Stevens texnologiyalar instituti |
Kasbi |
Samaradorlik boʻyicha mutaxassis, Menejment sohasi maslahatchisi, Mexanik muhandis |
Mashhur ishlari | „Ilmiy menejment tamoyillari“ |
Turmush oʻrtogʻi | Louise M. Spooner |
Bolalari | 3 |
Otasi | Franklin Taylor |
Onasi | Emily Annette Taylor |
Qarindoshlari | Caleb Newbold Taylor |
Mukofotlari | Elliott Cresson medali (1902) |
Frederick Winslow Taylor (20-mart 1856 – 21-mart 1915) amerikalik mexanik muhandis. U sanoat samaradorligini oshirishga yoʻnalgan gʻoya va usullari bilan mashhur[1]. U menejment fani asoschisi va shu soha maslahatchilaridan biri edi[2]. 1909-yilda Teylor oʻzining "Ilmiy menejment tamoyillari" kitobida oʻziga tegishli samaradorlik usullarini umumlashtirdi va bu kitob 2001-yilda Menejment akademiyasi aʼzolari tomonidan XX asrning menejment sohasiga baʼgishlangan eng nufuzli kitob deb topildi[3]. Uning muhandislik tamoyillarini zavodda bajariladigan ishlarga tatbiq qilish boʻyicha birinchi darajali ishi hozirgi kunda sanoat muhandisligi deb nomlanuvchi muhandislik tarmogʻini yaratish va rivojlantirishda muhim rol oʻynadi. Taylor oʻz nomini tarixda qoldirdi va ilmiy menejmentdagi faoliyati bilan juda faxrlanardi. Ammo u poʻlatni qayta ishlashni takomillashtirish boʻyicha patentlar olish orqali boylik orttirdi. Natijada, ilmiy menejment baʼzan „Taylorizm“ deb ham ataladigan boʻldi[4].
Hayoti
Taylor 1856-yilda Filadelfiya, Pensilvaniyada Quakerlar oilasida tugʻilgan. Taylorning otasi Franklin Taylor, Prinston universitetida taʼlim olgan huquqshunos boʻlgan va oʻz boyligini ipoteka kreditlari orqali qurgan edi[5]. Taylorning onasi Emily Annette Taylor (qizlik familyasi Winslow) Amerika Qoʻshma Shtatlardagi abolisionist va Lucretia Mottning hamkasbi edi. Uning otasining ajdodi Samuel Taylor 1677-yilda Nyu-Jersi shtatining Burlington shahriga joylashgan. Uning onasining ajdodi Edward Winslow xizmatkorlar yoki bolalarni olib kelgan oʻn beshta asl Mayflower Pilgrimlaridan biri va mister faxriy unvoniga ega boʻlgan sakkizta kishidan biri edi. Winslow koʻp yillar davomida Plymouth koloniyasining gubernatori boʻlib ishlagan.
Taylorlar oilasining boylik va mulkni meros qilib olgan va oilaning aktivlarini Franklinning akasi Caleb Newbold Taylor boshqargan.
Onasi tomonidan ilk taʼlimni olgan Taylor ikki yil davomida Fransiya va Germaniyada tahsil oldi va 18 oy davomida Yevropaga sayohat qildi[6]. 1872-yilda u Nyu-Xempshir shtati Exeter shahridagi Phillips Exeter akademiyasiga oʻqishga kirdi, u yerni tamomlab Harvardga borishni va otasi kabi huquqshunos boʻlishni rejalashtirdi. 1874-yilda Taylor Harvardga kirish imtihonlarini yuqori baho bilan topshirdi. Biroq, kechasi oʻqish kerakligi tufayli uning koʻzlari tezda yomonlashdi va Taylor boshqa yoʻlni tanladi. Harvard universitetida oʻqish oʻrniga Taylor namunalar yasovchi va mashinist sifatida ish boshladi va Filadelfiyadagi Enterprise Hydraulic Works (egaslari Taylorlar oilasining doʻstlari boʻlgan nasos ishlab chiqaruvchi kompaniya)da ustaxonada ishlab tajriba orttirdi. Bu vaqt ichida uning koʻzlari yaxshilandi. U olti oyga shogirdlikni tark etdi va Filadelfiyadagi yuz yillik koʻrgazmada New Englanddan kelgan bir guruh asbob-uskuna mashinasini ishlab chiqaruvchilarning vakili boʻldi. Taylor toʻrt yillik shogirdlikni tugatib, 1878-yilda Midvale Steel Works poʻlat zavodida mashinasozlik boʻyicha ishchi boʻldi. Midvaleda u tezda vaqtinchalik xizmatchi, yoʻl mashinisti, mashina ustaxonasi boshligʻi, tadqiqotlar direktori va nihoyat bosh muhandis lavozimigacha koʻtarildi (mashina ustaxonasi boshligʻi lavozimini saqlab qolgan holda). Taylorning tez koʻtarilishlari uning isteʼdodiga va oilasining Midvale Steelning bir qismining egasi Edward Clark bilan boʻlgan yaxshi munosabatlarga ham bogʻliq edi. (Edward Clarkning oʻgʻli Clarence Clark Midvale Steelda menejer boʻlgan va Taylorning singlisiga uylangan.)
Midvaleda ishchi va mexanik sifatida ishlab, Taylor ishchilar oʻz mashinalarini yoki oʻzlarini imkon qadar qattiq ishlatmasliklarini, (bu amaliyot oʻsha paytda soldiering deb nomlangan) va bu kompaniya uchun yuqori mehnat xarajatlariga olib kelganligini tushundi. Boshqaruvchi boʻlgach, u ishchilardan koʻproq mahsulot kutardi. Qancha ishni kutish kerakligini aniqlash uchun u odamlar va mashinalarning unumdorligini oʻrganishni va tahlil qilishni boshladi (garchi oʻsha paytda „unumdorlik“ soʻzi ishlatilmagan va ishlab chiqarishning amaliy fani hali rivojlanmagan boʻlsa ham). Natijada Taylor ishlab chiqarishning inson tarkibiy qismiga eʼtiborini ilmiy menejment deb atadi[7].
Taylor Midvaleda ishlagan payti, Clarence Clark bilan 1881-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari ochiq chempionati hisoblangan tennis boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari milliy chempionati birinchi juftlik turnirida gʻolib chiqdi[1]. Taylor Stevens texnologiyalar institutining talabasi boʻldi[8] va 1883-yilda mexanik muhandislik boʻyicha bakalavr darajasini oldi[9]. 1884-yil 3-mayda u Filadelfiyalik Louise M. Spoonerga uylandi.
1890-yildan 1893-yilgacha Taylor Meyn va Viskonsin shtatlarida katta qogʻoz zavodlarini boshqargan. Filadelfiya ishlab chiqarish investitsiya kompaniyasida bosh menejer va menejerga maslahatchi muhandis sifatida ishlagan. U Meynda zavod boshqaruvchisi edi. Taylor Filadelfiyada mustaqil konsalting amaliyotini ochdi. Uning tashrifnomasida „Maslahatchi muhandis – doʻkonni boshqarish va ishlab chiqarish xarajatlarini tizimlashtirish mutaxassisi“ deb yozilgan edi. Ushbu maslahat tajribalari orqali Taylor boshqaruv tizimi (menejment)ni takomillashtirdi. Uning 'A Piece Rate System' nomli birinchi maqolasi, 1895-yil iyun oyida Amerika mexanika muhandislari jamiyati (ASME)ga taqdim etildi.
1898-yilda u mashinasozlik muammolarini hal qilish uchun Bethlehem Steel kompaniyasiga ishga kirdi. Bethlehemda ishlagan payti u oʻzining koʻplab patentlari orasida eng mashhur va eng daromadlisini kashf etdi: 1898-1900-yillar oraligʻida Taylor va Maunsel White keng qamrovli tajriba sinovlarni oʻtkazishdi va volfram bilan qoplangan poʻlat kesilish tezligi ikki yoki toʻrt baravarga oshgan degan xulosaga kelindi. Ular faqatgina ingliz patentlari uchun 100 000 AQSh dollari (2023-yilda taxminan 3 700 000 AQSh dollarga teng boʻlgan) olganlar[10][11], chunki Amerika Qoʻshma Shtatlarida patentlar bekor qilingandi[12].
Taylor 1901-yilda boshqa menejerlar bilan kelishmovchilikdan keyin Bethlehem Steelni tark etishga majbur boʻldi. Endi badavlat odam sifatida Taylor hayotining qolgan qismini maʼruza oʻqish, yozuvchilik va maslahat berish orqali boshqaruv va texnik usullarni targʻib qilishga bagʻishladi. 1904-1914-yillarda Taylor rafiqasi va uchta asrab olgan farzandlari bilan Filadelfiyada yashadi. 1910-yilda Sharqiy stavka ishi tufayli Frederick Winslow Taylor va uning ilmiy menejment metodologiyasi butun dunyoga mashhur boʻldi. 1911-yilda Taylor oʻzining „Ilmiy menejment tamoyillari“ maqolasini „Shop Management“ maqolasidan sakkiz yil oʻtgach Amerika mexanika muhandislari jamiyati (ASME)ga taqdim etdi.
1906-yil 19-oktyabrda Taylor Pensilvaniya universiteti tomonidan fan doktori faxriy unvoni bilan taqdirlandi[13]. Shu yili u Amerika mexanik muhandislari jamiyatining prezidenti etib saylandi. Taylor 1912-yilda esa Amerika falsafiy jamiyatiga prezidenti etib saylandi[14] va shu yili u Amerika Qoʻshma Shtatlari Vakillar palatasining maxsus qoʻmitasi oldida oʻzining tizimi va boshqa menejment tizimlari toʻgʻrisida chiqish qildi. Taylor Dartmouth kollejidagi Tuck biznes maktabida professor boʻldi[15]. 1915-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylandi[16]. Shu yilning erta bahorida Taylor pnevmoniya kasalligiga chalinib[17], ellik toʻqqiz yoshga toʻlganidan bir kun oʻtib, 1915-yil 21-martda vafot etdi. U Bala Cynwyd, Pensilvaniyadagi West Laurel Hill Cemetery qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
- ↑ 1,0 1,1 New York Times, March 22, 1915, s. 9.
- ↑ Wall Street Journal, June 13, 1997, s. A17.
- ↑ Bedeian & Wren, Winter 2001, ss. 221–225.
- ↑ Epstein, 1996, ss. 579–580.
- ↑ Papesh, February 14, 1998.
- ↑ Miami University, 2003.
- ↑ Hughes, 1989, s. 190.
- ↑ Kanigel, 1997, ss. 182–183, 199.
- ↑ New York Times, June 15, 1883, s. 8.
- ↑ Drury, 1918, s. 100.
- ↑ "F.W. Taylor Collection," 2001.
- ↑ Roeber & Parmelee, March 1909.
- ↑ Harrison Letter, October 8, 1906.
- ↑ „APS Member History“. search.amphilsoc.org. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ D'Aveni, Winter 2003.
- ↑ „Frederick Winslow Taylor“ (en). American Academy of Arts & Sciences (2023-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ Frederick Taylor University.