Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Jump to content

Oktava

From Vikipediya
Oktavalar

Oktava (lotincha: octāva soʻzidan; „sakkizinchi“ degani) — musiqada bir tovush chastotasi ikkinchi tovush chastotasidan ikki marta katta boʻlgan intervaldir. Oktava intervali diatonik tovushlar qatorida sakkizta pogʻonani qamraydi. Masalan, dodan keyingi dogacha, redan keyingi regacha va hokazo. Oktavaning belgisi 8 raqamidir. Biri ikkinchisidan bir oktavaga farq qilgan tovushlar odamga juda oʻxshash eshitlsa-da, bu tovushlarning balandligi har xil boʻladi.

Turlari

[edit | edit source]

Oktavalarning uch turi bor:

  • Toza oktava — sakkiz pogʻonali va olti tonli interval. Ikki xil balandlikka ega, birining chastotasi ikkinchisinikidan ikki marta katta boʻlgan ikki tovushning eng sodda bogʻlanishi.
  • Kichraytirilgan oktava — sakkiz pogʻonali va besh tonli interval.
  • Katalashtirilgan oktava — sakkiz pogʻonali va olti yarim tonli interval.

Havolalar

[edit | edit source]