Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

tomon

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

to-mon

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

TOMON 'taraf'. Koʻchaning oʻng tomonida yuk mashinasi toʻrar edi. Bu soʻz qadimgi turkiy til— dagi 'yoʻnalish' maʼnosini anglatgan taba || tapa oti — dan (ПДП, 425, 426; DS, 525, 533) joʻnalish kelishigi — ning qadimgi -n qoʻshimchasi bilan hosil qilingan; keyinchalik b undoshi oʻzbek tilida m undoshiga, a un — lilari â unlilariga almashgan: taba || tapa + n = tapan

> taban > taman > tâmân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Biror narsa yoki joy (ma-kon)ga nisbatan yoʻnalishdagi joy, makon; taraf. U ◆ tomon. Bu tomon. Koʻchaning ikki tomoni. Bogʻning bir tomoni. Paykalning toʻrt tomoni. m ◆ Bir tomoni bosib qolgan kulbaga Yoʻlchini yotqizishdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Xonaning ikki tomoniga karavot qoʻyilgan. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Toʻrt tomon qum, xayriyat, bunda hech kim eshitmaydi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

2 Oʻzaro nisbatda, munosabatda boʻlgan shaxs yoki shaxslar guruhining har biri. ◆ Dushman tomon. Kuda tomon. a ◆ Ammo oʻz otasidek boʻlib qolgan noib janoblarining tomonini olishni ham, yovuzona bir qudrat egasi boʻlgan Zokir kalla tomoniga oʻtishni ham bilmay, ikkilanib turardi. X. Toʻxtabo-yev, „Yillar va yoʻllar“ . ◆ Har ikki tomonning ishini koʻrgan odam muqarrar: "Bular kim tez qazirga oʻynashganov!" deb oʻylaydi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Abdurahmon yosh bola ekan, otasi oʻlib, onasi va ota tomonlari tarbiyasida qoldi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ .

Tomonini olmoq Tomonida turib himoya qilmoq, qoʻllab-quvvatlamoq; yonini olmoq. ◆ Darvish gov koʻpincha fuqaroning tomonini olar, beklarga, navbati kelmaguncha, suv ber-masedi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Sizni qarang-u, yana oʻshalarning tomonini olasiz-a. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

3 (koʻpl. shaklida — tomonlar). Oʻzaro muxolif, zid munosabatdagi shaxs yoki subʼyektlar. ◆ Tomonlarni kelishtirmoq. To-monlarning roziligini olmoq.

4 Ish, narsa-hodisa, masala va shu kabilarning qirralari, qismlaridan biri; jihat. ◆ Masalaning eng muhim tomoni. Asarlardagi mushtarak tomonlar. yash Ha, bizning kasb-ning oʻziga xos nozik, jiloye tutqizmas, baʼzan asov, baʼzan injiq tomonlari bor. N. Safarov, „Olovli izlar“ . ◆ Men koʻlda choʻk-kanim, bolaning qutqargani qolib, boshqa tomonini aytdim. H. Nazir, „Yonar daryo“ . Ammo ayni chogʻda uning ham oʻziga xos zaif to-monlari bor edi. S. Karomatov, Oltin qum.

5 mat. Tekislikdagi geometrik shakl-larni hosil qiluvchi kesmalarning har biri. ◆ Toʻgʻri toʻrtburchak tomonlari. Tomonlari teng uchburchak.

6 koʻm. vazifasida. Makon, payt, obʼyekt, sabab kabi munosabatlarni, shunday maʼnolarni bildiradi. ◆ Biz tomonga kelyapti. Ovoz koʻcha tomondan kelyapti. Kechga tomon xabar ol-moq. m ◆ Yelkasiga tashlangan kitelining yengiga qoʻl sola turib, indamay eshik tomon yurdi. S. Karomatov, „Oltin kum“ . ◆ Kechga tomon Sobirning xonasiga Odil buva kirib keldi. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Ammo olamshu-mul bu kashfiyot ilmiy kengash tomonidan yetarli baholanmaganga oʻxshaydi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ . ◆ Bir tomondan ferma mudiri.. uning oʻrnida siz boʻlsangiz-u, koʻz oldingizda boshi oniq bir juvon qilpil-lab yursa.. E, sodda ekansiz, u ka! A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТОМОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tomon
1 сторона, направление; ◆ koʻchaning oʻng tomoni правая сторона улицы; ◆ chap tomonda на левой стороне, по левой стороне; ◆ togʻ tomonga в сторону гор, по направлению к горам; har tomonga во все стороны, по всем направлениям; ◆ har tomonda везде, повсюду, повсеместно; ◆ har ikki tomondan с обеих сторон; ◆ bir tomondan с одной стороны; ◆ ikkinchi tomondan с другой стороны; ◆ maishiy tomondan с бытовой стороны, в бытовом отношении;
2 конец, край;◆ koridorning u tomonida на том конце коридора;
3 край, страна, сторона; ◆ issiq tomonlar жаркие страны; тёплые края; ◆ sizlar tomonda anor bitadimi? в ваших краях растет гранат? ◆ shu tomondan 1) с этой стороны; в этом отношении; 2) с этого конца; 3) отсюда, из этих краев, из этих мест;
4 сторона (напр. в споре или каком-л. деле); ◆ sudlashuvchi tomonlar тяжущиеся стороны; ◆ gʻalaba biz tomonda победа на нашей стороне;
5 мат. сторона; ◆ uchburchak tomonlari стороны треугольника;
6 в роли послелога, управляющего дательным п.: ◆ kechga tomon к вечеру, под вечер; ◆ yaxshilikka tomon в лучшую сторону, в сторону улучшения;
7 в роли служебного имени: ◆ tomonidan 1) от кого-чего-либо, откуда-нибудь; 2) кем-либо (при страд. залоге глагола); ◆ studentlar tomonidan uyushtirilgan kecha вечер, организованный студентами; 3) в отношении кого-чего-либо; ◆ sifat tomonidan в качественном отношении, в отношении качества; ◆ 

  • toʻrt tomoning qibla! см. toʻrt.