Nothing Special   »   [go: up one dir, main page]

Kontent qismiga oʻtish

inonmoq

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

i-non-moq

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

INON- ’ishon-’ (oz ishlatiladi). Gaplaringga i n o n d i m. Bu soʻz qadimgi turkiy tildagi ’ishon-tir-’ maʼnosini anglatgan ïna- feʼlining ’oʻzlik’ maʼ-nosini ifodalovchi -n qoʻshimchasi bilan hosil qilingan shakli boʻlib (ПДП, 443,; Devon, I, 213; DS, 218), oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: ïna- + n = ïnan- > inân-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Ishonch hosil etmoq, ishonmoq. ◆ Birinchi qarashdayoq kutgan ish-ning toʻgʻriligiga inondi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

2 Ishonch bilan qaramoq, ishonchli mu-nosabatda boʻlmoq. ◆ Nima, sen shu ulugʻ zot-larga inonmaysanmi? M. Osim, „Karvon yoʻlarida“ . ◆ Jamila, qoʻy.. yigʻlama, xato qil-dim, yupatish oʻrniga senixafa qildim. Senga inonaman. Hamza, „Boy ila xizmatchi“ . ◆ Oʻrtahollarga inongan odam pand yeydi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .


Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ИНОНМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]